«Musiqa Ustasi» viktorinasi
«Musiqa Ustasi» bu nima?
«Musiqa Ustasi» - ushbu viktorina butun dunyoda mashhur "Musiqani top" (“Ugaday melodiyu”) o'yini asosida yaratilgan. Ushbu qiziqarli musiqali onlayn - testi foydalanuvchilarga o’zlarining musiqiy mahoratlari tufayli g'ildirakdagi qo'shiqlarni toppish imkoniyatini beradi.
Foydalanuvchi g'ildirakni aylantiradi va g'ildirakda tegishlicha ochkolarga ega tasodifiy musiqani qabul qiladi. Agar foydalanuvchi to'g'ri javob bersa (15 soniya ichida musiqani yoki qo'shiqchini taniy olsa), u ochko to'playdi.
Viktorina kunlik pullik obuna asosida taqdim etiladi (kuniga 1599 so'm). Viktorina ishtirokchilari har kuni kunlik abonent to'lovi uchun 150 ball va g'ildirakda taxmin qilish uchun 21 ta kuy oladi.
Xizmat barcha brauzerlarda mavjud.
Qanday qilib ishtirok etishim mumkin?
Viktorinada "MOBIUZ" operatorining barcha abonentlari ishtirok etishlari mumkin. "Musiqa Ustasi" viktorinasiga ulanish uchun ishtirokchilar 6303 qisqa raqamiga 1 ni yuborishlari yoki *6303# terishlari kerak.
Shuningdek, abonentlarga www.6303.uz portali orqali xizmatga ulanish imkoniyati taqdim etilgan. Bunda abonent o‘z mobil telefon raqamini maxsus maydonga kiritishi yoki faol tugmani bosib, bu raqam o‘ziga tegishli ekanligini tasdiqlashi kerak. Raqamni tasdiqlaganidan so‘ng foydalanuvchi bir martalik pin kod oladi va abonent o‘sha sahifadagi maydonga olingan pin kodini kiritgandan keyingina xizmat faollashadi.
Obuna uchun so'rovga javoban, abonent xizmatga havolali bepul tabriknoma - SMS shuningdek, viktorina va obuna qoidalari haqida oladi xabarnoma oladi.
Men o’yinni qanday qilib o’ynayman?
Obunani faollashtirgandan so'ng, abonent www.6303.uz veb-saytiga kirib, "O'ynash" tugmachasini bosib, g'ildirakning aylanishini to'xtatishi kerak. G'ildirak to'xtaganda, tanlangan musiqa yangraydi va abonent 15 soniya ichida javobni topishi va to'g'ri javob bilan tugmani bosishi kerak.
Viktorina qaysi tilda o’tkaziladi?
Viktorina o'zbek (asosiy til, standart til) va rus tilida (abonent tanlagan tilda) taqdim etiladi.
Viktorina tilini rus tiliga o'zgartirish uchun abonent 6303 qisqa raqamiga - RU kalit so'zini yuborishi kerak. O'zbek tiliga qaytish uchun foydalanuvchi 6303 qisqa raqamiga UZ kalit so'zini yuborishi kerak.
Qanday qilib ochko to’playman?
Obuna bo’lgan kuni 1-toifa ishtirokchilariga 150 ball beriladi. Keyin foydalanuvchilar har kuni toifasiga qarab pulli obuna uchun ballarni ham olishadi: 150 ball.
Shuningdek, abonentlar har bir to'g'ri javob uchun ball to'plashadi. To'g'ri javoblar uchun ballar savollarning qiyinchilik darajasiga qarab farqlanadi va g'ildirak aylanayotganda portalda ko'rsatiladi.
Ishtirok etish uchun kalit so'z nima?
Siz o’z ishtirokingizni faollashtirish uchun 6303 qisqa raqamiga 1 ni yuborishingiz mumkin.
Xizmat narxi qancha?
Obuna bo'lish uchun hisobdan har kuni 1599 so'm (QQS bilan) yechib olinadi.
Agar foydalanuvchi balansida kunlik obuna uchun yetarli mablag’ bo'lmasa, uning xizmatga kirish imkoniyati keyingi muvaffaqiyatli to'lovgacha bloklanadi.
Agar abonent o'z obunasini to'xtatib, keyin qayta obuna bo’lsa, u holda qayta ulangandan so'ng, ulanish kunidan boshlab abonent to'lovi olinadi.
Xizmatga nima uchun obuna bo'lishim kerak?
Faqatgina xizmatga obuna bo’lgan abonentlar Viktorinada ishtiroklari mumkin. Shuningdek, Siz kunlik obuna uchun har kuni ballarga ega bo'lasiz.
Kunlik to'lovlarni qancha vaqt to'lash kerak?
Xizmatga obuna uchun to'lov abonent xizmatga obunani bekor qilgunga qadar yoki xizmat tugatilgunga qadar yechib olinadi.
Xizmatdan foydalanish munosabati bilan Ishtirokchilar tomonidan sarflangan mablag' qaytarilmaydi.
6303 raqamidan menga keladigan SMS-xabarlar pullikmi?
Yo'q, 6303 qisqa raqamidan olingan barcha xabarlar bepul.
Qancha ball to'plaganimni qanday bilishim mumkin?
Siz 6303 qisqa raqamiga "INFO" kalit so'zini yuborib, o'zingizning joriy ballaringiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Savollar sonida cheklov bormi?
Ha, "Musiqa Ustasi " viktorinasining ishtirokchilari pullik obuna uchun kuniga 21 ta qo’shiq qabul qiladi.
Kundalik obuna uchun 21 tadan kam kuy oldim. Nima uchun?
Agar ishtirokchining balansida 1599 so'mdan kam mablag 'bo'lsa, 533 yoki 1066 so'mi ishtirokchining balansidan olinadi va abonent o'z navbatida 7 yoki 14 ta musiqani oladi.
Ko’proq Savollar uchun so’rov yuborishim mumkinmi?
Ha, siz OK, HA yoki DA kalit so'zini 6303 raqamiga yuborib, yana musiqa qabul qilishingiz mumkin.
Agar men xizmatga obunani bekor qilsam, to'plagan ballarim yo'qoladimi?
Yo'q, sizning ballaringiz viktorinaning oxirigacha saqlanadi. Ammo, agar siz ishtirok etishni to'xtatsangiz, boshqa ishtirokchilar ko'proq ball to'plashlari mumkin.
Noto'g'ri javob uchun ball olamanmi?
Yo'q, noto'g'ri javoblar uchun ball olmaysiz.
Kundalik obuna uchun 150 balldan kam ball oldim. Nima uchun?
Agar ishtirokchining balansida 1599 so'mdan kam mablag 'bo'lsa, 533 yoki 1066 so'mi balansdan olib tashlanadi va abonent mos ravishda 50 yoki 100 ball oladi.
Qanday qilib xizmatga obunani bekor qilishim mumkin?
O'chirish uchun 6303 xizmat raqamiga "STOP” so'zi bilan bepul SMS yuboring.
Obunani bekor qilgandan so'ng xizmatga qayta ulanishim mumkinmi?
Obunani bekor qilgandan so'ng, abonent xizmatning 6303 raqamiga 1 ni yuborib, viktorinani qayta faollashtirishi mumkin.